24Jul-2026
(Қарақалпақша) Jas fermerlerdi qollap-quwatlaw
#Yosh_fermerlarni_qollab_quvvatlash
Qonliko‘l tumani Axborot- kutubxona markazi tomonidan yosh fermerlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida amaliy uchrashuv tashkil etildi. Tadbir davomida uzumzor va mevali bog’larda olib borilayotgan agrotexnik ishlar, zamonaviy parvarish usullari hamda hosildorlikni oshirish bo’yicha tavsiyalar berildi.
Mutaxassislar va tajribali fermerlar yoshlar bilan o’z bilim va tajribalarini o’rtoqlashib, bog’dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, suvdan oqilona foydalanish hamda sifatli hosil yetishtirish yuzasidan amaliy maslahatlar berdilar.
Bunday uchrashuvlar yosh fermerlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish, qishloq xo’jaligini rivojlantirish hamda ularning kelgusidagi faoliyatini qo’llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kanallarimizga obuna bóling🙏
Telegram l Instagram | facebook
