Kutubxonadan foydalanish
Qabul qilingan qonun va qarorlar, fan, ta’lim va madaniyatning yuksalishiga keng imkoniyatlar ochib berish bilan birga, axborot manbay bo‘lgan kutubxonalarning faoliyatiga ham katta o‘zgarishlar kiritilishiga va zamon talablariga mos darajada rivojlanishiga zamin yaratdi. Axborot kutubxona muassasalarini axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan ta’minlash, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ta’lim muassasalari uquvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mustaqil bilim egallashiga erishish, xalqaro kutubxonalararo abonement tizimini yulga quyilishi, elektron ma’lumotlar bazalarini shakllantirish orqali axborot-bibliografiya xizmati ko‘rsatish uchun katta imkoniyatlar eshigi ochib berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot kutubxona markazida zamon talablariga hamohang holda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatilishi, aholining ma’naviy ongi va intellektual salohiyatini yanada rivojlantirishda yaxshi samara bermoqda.
Markazda 4 ta bo‘lim, Ma’lumot va kutubxona ho‘jjatlarini bo‘tlash, Ma’lumot va kutubxona ho‘jjatlarini qayta ishlash, kataloglashtirish, Ma’lumot va kutubxona ho‘jjatlarini saqlash, Ma’lumot bibliografiya, Axborot texnologiya, Ilmiy metodik, Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limlari, Ulkashunoslik, Yig‘ma elektron katalog sektorlari aholiga axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatmoqda.
Bugungi foydalanuvchilar:
– axborot-kutubxona markazidagi nafaqat bosma asarlardan, balki elektron shakldagi axborotlar, elektron kitoblardan foydalanish;
– uziga kerakli axborotni elektron qidiruv dasturi yordamida tez va qulay topish.
– kerakli axborot ho‘jjatlaridan nusha ko‘chirish;
– kompyuterdan mustaqil foydalanish;
– axborotni printer yordamida chop etish;
– mavzular buyicha taqdimotlarni tayyorlash uchun buyurtma berish
– elektron shakldagi ho‘jjatni axborot tashuvchilarga ma’lum qismini ko‘chirib olish;
– skanerlash yuli bilan ho‘jjatning elektron variantini yaratish;
– slaydlar tayyorlash;
Foydalanuvchilarning keng qamrovli dunyoviy axborotlarga ega bo‘lishi uchun kompterlar lokal va Internet tarmoqlariga huquqiy axborot izlash tizimlariga ulangan.
Markaz jamg‘armasi har yili foydalanuvchilarning talablariga asosan adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari bilan tuliqtirilib boriladi.
Ommaviy tadbirlar kutubxonachilik ishining asosi hisoblanadi. Axborot kutubxona markazida milliy meroslarimizni, Vatanimizning ma’naviy kuch – qudratini yanada yuksaltirishda bobalarimizdan meros bo‘lib kelayotgan ma’naviy qadriyatlarimizni va milliyligimizni chuqur anglashga, insonlarni birinchi navbatda yoshlarni Vatanimizga, xalqimizga sadoqatlik ruhida tarbiyalashda Respublikamizda ma’naviy –ma’rifiy ishlarni kuchaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonlikul tumani ma’naviyat va ma’rifat markazi,Tuman Iqtidorli bolalar maktabi va boshqa da muassasalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda.Qonlikul tumani Axborot kutubxona markazi xodimlari o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual extiyojlarini qondirishga, aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlashda xizmat ko‘rsata beradi.