26May-2026
Hayotda e’tibor bermagan narsalarimizni kitoblardan topamiz
Suhbat kitob ko‘rgazmasi
Qonliko‘l tumani axborot-kutubxona markazida tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan hamkorlikda «Hayotda e’tibor bermagan narsalarimizni kitoblardan topamiz» mavzusida suhbat kechasi, kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklarga qarab intilishdan charchamaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish kitobxonlarni kutubxonaga chorlaydi. O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning roli ham katta deb o‘ylayman. Bunday suhbatlarni o‘tkazishdan maqsadimiz bolalarning vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish, kitoblar olami bilan tanishtirish, ularning ma’naviy olamini boyitish.
