16Jan-2026
Qonliko‘lning ijodkor yoshlari
«Qonliko‘lning ijodkor yoshlari» kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bugun Yoshlar markazi binosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qonliko‘l tumani bo‘limi, markazning Sirdaryo viloyati bo‘limi homiyligida tumandagi yosh ijodkorlarning qo‘shiq va hikoyalaridan iborat «Qonliko‘lning ijodkor yoshlari» nomli kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari R.Qalimbetov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi boshlig‘i P.Jumamuratov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi N.Davletbayev, «Qonliko‘l xabarlari» gazetasi jurnalistlari, Axborot kutubxona markazi mutaxassislari hamda maktablarning ijodkor o‘quvchi yoshlari ishtirok etdi.
Ushbu kitobda yosh ijodkorlarning yoshlik shijoati bilan yozilgan she’rlari asosan Ona Vatan, tug‘ilgan yurt, ota-ona va ustozlarga bag‘ishlangan. Shuningdek, qalam tutqazib adabiyot maydoniga boshlab borgan ustozlariga bag‘ishlangan she’rlari, hikoyalari ham o‘rin olgan.
