08Jan-2026
Kutubxonaga sayоhat
Kutubxonaga sayоhat
Qonliko‘l tumani axborot-kutubxona markaziga tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari bilan «Kutubxonaga sayohat» doirasida sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilarga Ona-Vatan, yurtni sevishga hayotning barcha jabhalarini o‘rgatuvchi vosita bu kitob, har qanday o‘qigan kitobimiz hayotda qandaydir muammo va uni yechish yo‘llarini o‘rgatishi aytib o‘tildi. Kitobxonlikni yanada keng yoyish maqsadida kutubxonada tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari va yangi kelgan kitoblar bilan tanishtirildi.
