18Dec-2025
Ulug‘ shoirni eslab
Ulug‘ shoirni eslab Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyida qoraqalpoq adabiyotining yirik siymolaridan biri, O‘zbekiston xalq shoiri Tilewbergen Jumamuratovning 110 yilligiga (1915-1990) bag‘ishlangan «Jon o‘rgatuvchi so‘zlar shirasi» nomli adabiy kecha kitob ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Kechada Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari va 21-sonli maktab o‘quvchilari tomonidan «Buyuk shoirni xotirlab» nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida yig‘ilganlarga buyuk shoir T.Jumamuratov haqidagi xotiralarini, qiziqarli voqealarni va shoirning she’rlaridan so‘zlab berdi.O‘quvchilar T.Jumamuratovning nomali she’rlarini badiiy o‘qib berishlari va shoir asarlaridan sahna ko‘rinishlari haqida, parchalar o‘qishlari barchaga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.
