28Nov-2025
Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining 198 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining 198 yilligiga bag‘ishlangan tadbir
Har yili 27 noyabr sanasi yurtimizda qoraqalpoq adabiyotining atoqli namoyandasi, buyuk so‘z san’atkori Berdaq (Berdimurat) G‘arg‘aboy o‘g‘lining tavallud kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana nafaqat buyuk shoirning hayoti va merosini xotirlash, balki yosh avlod qalbiga adabiyotga muhabbat ruhini singdirish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Berdaq bobomizning merosi, xalqchil g‘oyalarga boy asarlari bugun ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qonliko‘l tumani bo‘limi bilan hamkorlikda Berdaq G‘arg‘aboy o‘g‘lining tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
