26Nov-2025
(Қарақалпақша) Hayal qızlarǵa sanlı zorabanlıqtı saplastırıw ushın birleseyik
Ayol va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik
25-noyabr kuni Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazida 2025-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha «Ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Qonliko‘l tumani IIB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor L.Yusupova, yoshlar va o‘smirlar inspektori G.Turkpenbayeva, adliya bo‘limi FHDYO bo‘limi boshlig‘i P.Avezova hamda Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi. IIB xotin-qizlar masalasi bo‘yicha katta inspektor L.Yusupova hozirgi vaqtda xotin-qizlar orasida yuz berayotgan muammolar, oilada xotin-qizlarning ta’lim-tarbiyasi, o‘zini tutishi haqida bir necha misollar keltirib ularga maslahatlar berdi. Yoshlar va o‘smirlar inspektori, G.Turkpenbayeva hozirgi kunda yoshlar orasida kiber zo‘ravonlik, ruhiy zo‘ravonlik, jismoniy zo‘ravonlikning turlari, ularni yoshlar orasida sodir etmaslik haqida aytib o‘tdi. Tadbirda o‘zlari qiziqtirgan savollar berib, javoblar oldi. Ayollarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik» mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
