30Oct-2025
zakovat
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Qonliko‘l tumani MTM va DUKga qarashli 16-sonli maktabning 7-8-9-sinf o‘quvchilari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini, ma’naviy boy tariximizni o‘rgatish maqsadida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi. Zamon rivojlanib, qanchadan-qancha ilg‘or texnika, texnologiyalar yaratilmoqda. Lekin, ular kitobning o‘rnini bosa olmaydi.Kitob o‘qigan odamning yo‘li hamisha yorug‘ bo‘ladi. Kitob o‘qish – xotirada saqlash va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, ya’ni, ko‘p kitob o‘qigan odamning yodlash darajasi yaxshi, tez o‘ylab, tez xulosa chiqaradigan bo‘ladi.Qizg‘in bahs va o‘zaro bilimlar musobaqasi ostida o‘tkazilgan o‘yinni bir maqsad yo‘lida birlashtirdi. U ham bo‘lsa g‘oliblikni qo‘lga kiritish.Shuning uchun ham barcha ishtirokchilar «Zakovat» intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lish uchun mas’uliyat bilan harakat qildi.
