10Oct-2025
Kitobxon qizlar kuni
Kitobxon qizlar kuni
Qonliko‘l tumani Axborot kutubxona markazi mutaxassislari «Kitobxon qizlar kuni» munosabati bilan 21-sonli maktabning o‘quvchi qizlari o‘rtasida badiy kecha o‘tkazdi. Badiy kechada Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan xotin-qizlarga bag‘ishlangan «Qizlar hayot guli» nomli kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Buyuk davlat arbobi Indira Gandining shunday gapi bor; «Bir qiz bolani o‘qitsangiz – bir oilani o‘qitgan bo‘lasiz» Bu so‘zlar bekorga aytilmagan. Buning zamirida hayotiy haqiqat borligini albatta, barchamiz yaxshi bilamiz. Qizlarning ilmli bo‘lishini ta’minlash, bu uzoqni ko‘zlab tashlangan muhim qadamdir.
