25Sep-2025
Atlas va adras – milliyligimiz nishoni
Respublikamizning barcha hududlarida #Xon_atlas haftaligi o‘tkazilmoqda Shu munosabat bilan Qonlikoʻl tumani Axborot-kutubxona markazi “Atlas va adras – milliyligimiz nishoni” deb nomlangan milliy liboslarning tarixi va bugungi kundagi uyg’unlashuvi, shuningdek, milliy va zamonaviy kiyinish, estetikdid, jamiyatdagi yurish-turish, odob-axloq qoidalari mavzusida davra suhbati o’tkazdi va milliy atlas kiyimlar ko’rgazmasini tashkillashtirdi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari kitobxonlarga milliy xon atlas kiyimlarda xizmat ko’rsatdilar,Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xalqimizning azaliy o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, milliy liboslarimizdagi o‘ziga xos xususiyatlarni ko‘rsatish va targ‘ib qilishdan iborat.
