17Sep-2025
Zakovat
«Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazi o‘quv zalida Qonliko‘l tumani Gaz korxonasi, Elektr korxonasi, Suv ta’minoti xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.Musobaqani o‘tkazishdan maqsad muassasa xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirishdan iborat.Qizg‘in bahs va o‘zaro bilimlar musobaqasi ostida o‘tkazilgan o‘yin bir maqsad yo‘lida birlashtirdi.Unda esa g‘oliblikni qo‘lga kiritish. Shuning uchun ham barcha ishtirokchilar «Zakovat» intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lish uchun mas’uliyat bilan harakat qildi.Musobaqa yakunida
I-o‘rin Qonliko‘l tumani Gaz korxonasi «Bilimdonlar» guruhi,
2-o‘rin Qonliko‘l tumani Elektr korxonasi «Ziyraklar» guruhi,
III-o‘rin Qonliko‘l tumani Suv ta’minoti «Chaqqonlar» guruhi,
egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
