11Sep-2025
Ochiq eshiklar haftaligi
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Qonliko‘l Transport va servis texnikumi o‘quvchilari bilan «Ochiq eshiklar haftaligi» doirasida Rus adabiyotining durdonalari Sergey Aleksandrovich Yesenning «Qora Odam» kitobiga sharh, kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida markaz mutaxassisi tomonidan fondimizdagi o‘zbek, qoraqalpoq, jahon adabiyotlari va yangi kelgan kitoblar bilan tanishtirildi. O‘quvchilarga Ona-Vatanni, yurtni sevishga hayotning barcha jabhalarini o‘rgatuvchi vosita bu kitob, har qanday o‘qigan kitobimiz hayotda qandaydir muammo va uni yechish yo‘llarini o‘rgatishi aytib o‘tildi. Kitobxonlikni yanada keng yoyish maqsadida kutubxonada tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari va yangi kelgan kitoblar bilan tanishtirildi.
