09Sep-2025
Ochiq eshiklar haftaligi
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markaziga tumandagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan «Ochiq eshiklar haftaligi» doirasida sayohat tashkil etildi. Sayohat davomida o‘quvchilarga Ona-Vatanni, yurtni sevishga hayotning barcha jabhalarini o‘rgatuvchi vosita bu kitob, har qanday o‘qigan kitobimiz hayotda qandaydir muammo va uni yechish yo‘llarini o‘rgatishi aytib o‘tildi. Kitobxonlikni yanada keng yoyish maqsadida kutubxonada tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari va yangi kelgan kitoblar bilan tanishtirildi.
