08Jul-2025
Bugungi yoshlar ertangi kelajagimiz
Bugungi yoshlar ertangi kelajagimiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar asosida «Muhim 90 kunlik» rejasi asosida maktab o‘quvchilari, talabalar va mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi,» Qonliko‘l tumani bo‘limida tuman Axborot kutubxona markazi xodimlari, umumta’lim maktablarining bir qator iqtidorli o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Jasorat medali sohibi, taniqli shoir Nurlıbay Dawletbaev bilan «Bugungi yoshlar ertangi kelajagimiz» mavzusida suhbat bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar shoirning she’rlaridan o‘qib berib, she’riyat sohasiga kirib kelishi, she’r yozishga bo‘lgan qiziqishning paydo bo‘lishi haqida bir qator qiziqarli savollarga javoblar oldi.
