07Jul-2025
Sayxun va Jayxun yoshlar forumi
Qonliko‘l tumani Sayxun-Jayxun ma’naviyat markazida «Ijod mushoirasi» kechasi tashkil etildi.
Kechada Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig‘i M.Hayitov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi N.Davletboyev, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qonliko‘l tumani bo‘limi va tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari, tumandagi bir qator ijodkor yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda M.Hayitov Sirdaryo viloyati tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha so‘zlab berdi. Sirdaryolik mehmonlar va ijodkor yoshlar tomonidan she’rlar o‘qilib, adabiy kecha mazmunli tarzda davom etdi.
