03Jul-2025
Giyohvandlik umr zavoli
«Giyohvandlik umr zavoli»
Giyohvandlik «umr zavoli» deb ta’riflangani bejiz emas. Chunki bugungi kunda aynan shu ilm tufayli insoniyat salomatligi, taqdiri va kelajagiga nur solinmoqda. Shuning uchun nafaqat illat, balki global ofat sifatida giyohvandlikka qarshi keskin kurash olib borilmoqda. BMTning narkotiklar va jinoyatchilikni nazorat qilish boshqarmasi hisob-kitobiga ko‘ra, dunyoda giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar soni 10 yil ichida 23 foizga o‘sgan, ya’ni 240 milliondan – 296 millionga yetgan. Bu haqda so‘z yuritganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dunyodagi global muammolar yechimi bo‘yicha ilgari surgan bir necha tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanganini ta’kidlash lozim. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2021 yil sentyabrda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasidagi muhim takliflaridan biri – global muammoga aylandi. Prezidentimiz tashabbusi asosida tayyorlangan rezolyutsiya 2024 yil 4 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasida bir ovozdan ma’qullandi va qabul qilindi. Ushbu rezolyutsiya «Markaziy Osiyo davlatlarining giyohvandlik bilan bog‘liq muammolarni samarali hal etish va bartaraf etish uchun yagona jabha bo‘lib harakat qilish va hamkorlik qilishga tayyorligi» deb nomlangan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yurtdoshlarimizda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga qarshi immunitetni shakllantirish borasidagi ishlar tubdan kuchaytirildi. Bunda, shuningdek, inson salomatligini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda, ayniqsa, 2024 yil 6 may kuni Prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy ta’siri bartaraf etish bo‘yicha strategik chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu hujjatda mazkur sohadagi davlat siyosatining istiqbolli yo‘nalishlari belgilab berildi. Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik va narkotik moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024-2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya tasdiqlandi. Milliy strategiyada ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilmoqda. E’tibor bering: BMT Bosh Assambleyasi 2024 yil 4 iyunda qabul qilgan Rezolyutsiya matnida – O‘zbekiston Prezidentining 2024 yil 6 maydagi Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy strategiya qoidasi o‘z aksini topgan. Bu, shubhasiz, O‘zbekiston giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha milliy, mintaqaviy va xalqaro tashabbuslarning o‘zaro bog‘liqligi va barqarorligi asosida ilgari surib turganidan dalil beradi. Yana muhimi, O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi giyohvand moddalar savdosi va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha aytganingizdek siyosati tufayli mintaqada bu borada ijobiy natijalarga erishilayotgani ham haqiqat.Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, jahondagi moddalarning noqonuniy savdosi, giyohvandlik kasalligi saqlanib qolmoqda. Bu muammoga hamon jiddiy xavf sifatida qaralmoqda. BMTning narkotiklar 2020-yilda jahon aholisi orasida 15 yoshdan 64 yoshgacha bo‘lgan 284 milliondan ortiq kishi turli narkotiklar iste’mol qiladi. Natijada 35 milliondan ko‘p narkotik iste’mol qiluvchilar turli kasalliklardan aziyat chekmoqda. Bu raqam narkotiklarni ikki yo‘l bilan iste’mol qiluvchi 12 million kishini ham o‘z ichiga oladi, ularning deyarli yarmi gepatit C ga, 1,4 milliontasi esa OIV infeksiyasiga chalingan. 15-60 yosh oralig‘ida qayd etiladigan o‘limlarning 1,3 foizi giyohvandlik oqibatida yuz berar ekan. Bir yilda 200 mingdan ortiq o‘lim aniq giyohvandlik oqibatida kelib chiqadi. Yevropa mamlakatlari orasida giyohvandlik oqibatida vafot etganlarning o‘rtacha yoshi 35 yoshni tashkil etadi. Giyohvandlikka qarshi kurash, aniqroq aytganda, uning kelib chiqish sababi va omillariga qarshi kurash olib borish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan. Chunki giyohvandlik ijtimoiy giyohvandlik ijtimoiy kasallik bo‘lib, u faqatgina insonning jismoniy va ruhiy holatidan uning oilasiga, atrof-muhitiga, jamiyatga zararli ta’sir ko‘rsatadi, turli ijtimoiy muammolarga sabab bo‘ladi. Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish lozim. Ayniqsa, ta’lim muassasasida bu boradagi ishlar ko‘lamini kengaytirish talab etiladi, chunki bu muassasada yurtimiz jamoasi hisoblangan yoshlar ta’lim-tarbiya olmoqda. Yuqoridagilarga e’tibor bergan holda mamlakatimizda giyohvandlikka qarshi kurashish, u bilan bog‘liq kasalliklarni davolash bo‘yicha huquqiy asoslar yaratilmagan. Jumladan, Senatning 42-yalpi majlisida muhokama qilingan «Giyohvandlik kasalliklari profili dalolatnomasi va ularning O‘zbekiston Respublikasining «Tibbiyot to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan. Ushbu qonun bilan ichki ishlar organlariga narkotik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolanishga yuborish to‘g‘risidagi materiallarni tasvirlashga vakolat berilmoqda, ushbu materiallarni tayyorlash tartibiga o‘zgartirish kiritilmoqda. E’tiborlisi, qonunda fuqarolarning narkologik tekshiruvdan o‘tkazilishi, maslahat berilishi, tashxis qo‘yilishi, narkotik kasalliklarga chalingan shaxslarning ambulator va statsionar sharoitlarda davolanishini hamda tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilinishini davlat kafolatlamoqda.Umuman, ushbu qonunning qabul qilinishi narkotik yordam ko‘rsatishning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. «Aholining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra yaqin kelajakda Respublikamizning ma’naviy salomatligi mustahkamlanadi, ilmiy-amaliy tibbiyot tibbiyot markazi tashkil etiladi. Ushbu markazga bog‘liq psixatrit, tibbiy-psixologik va narkologik yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi. Muxtasar aytganda, mamlakatimizda yosh avlodning har tomonlama sog‘lom va barkamol voyaga yetishi, giyohvandlikka barham berish, alkogol zaharli kasalliklarni samarali davolash bo‘yicha sezilarli natijalar davom etadi.