26Apr-2025
«Libmob» «Kutubxonaga qanday boriladi»
«Libmob» «Kutubxonaga qanday boriladi» doirasida shu yillari nashrdan chiqayotgan taniqli adib va shoirlarimizning yosh ijodkorlar kitoblaridan kitob ko‘rgazmalari, uchrashuv kechalar o‘tkazilmoqda. Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazida 2025 yil 26 aprel kuni o‘tkazilgan «Libmob» «Kutubxonaga qanday boriladi» mavzusidagi aksiya ana shunday tadbirlardan biridir. Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari aholi gavjum jamoat joylarida yo‘lovchilarga savollar bilan chiqib savollarga javob berganlarga smaylik, bilmaganlarga kutubxona manzili yozilgan flayer tarqatildi.Yana kitobxonlarga buyuk donishmandlarning hikmatli fikrlaridan, xalq maqol-matallaridan savollar berilib, ular tomonidan qoniqarli javoblar olindi. Aksiyada faol ishtirok etgan kitobxonlarga Axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan minnatdorchilik bildirildi.
