22Apr-2025
«Kitoblar bizni birlashtiradi»
Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish orqali o‘quvchi-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Tarbiya beshigi bo‘lgan oilada ota-onalarning farzandlarini kitob o‘qishga qiziqtirishi katta natijalarga zamin yaratishi shubhasiz. «O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ochilish marosimida tuman IIB xodimlari faol ishtirok etdi va Axborot kutubxona markaziga 22 nomda,25 dona kitoblarni sovg’a tariqasida topshirdilar.
