03Apr-2025
Radikolizm, ekstremizm hám terrorizmniń unamsız aqıbetleri
«Radikolizm, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari»
Ma’naviy poklik har bir fuqarodan hushyorlikni talab qiladi. Shunday ekan, har qanday salbiy ko‘rinishdagi g‘oyaviy, axloqiy ta’sirga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarimizning asosini tashkil etishini his etish zarur. Qonliko‘l tumani 14-maktabda «Radikalizm, ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari» shiori asosida suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbatda, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Nurimbetova, Navro‘z QFY boshlig‘i J.Qayipnazarov, IIB profilaktika inspektori I.Erejepov, Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi N.Orazbayeva ishtirok etdi. Suhbatda, mamlakatimizda diniy, siyosiy-iqtisodiy, ma’naviy va madaniy hayotdagi rivojlanishlarga keng to‘xtaldi. Kitob ko‘rgazmalari, videoroliklar namoyish etildi.
