17Mar-2025
Poeziyanıń qos juldızları
O‘zining nodir asarlari va noyob iste’dodi bilan ilm-fan, madaniyat va adabiyot rivojiga hissa qo‘shgan qoraqalpoq va qozoq shoiri To‘legen Aybergenovning 88 yilligi hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi To‘lepbergen Matmuratovning 86 yilligiga bag‘ishlab Qonliko‘l tumani 9-sonli maktabda keng ko‘lamli tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Nuroniylar, Maktabgacha ta’lim bo‘limi, «Qonliko‘l xabarlari» gazetasi va axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ishtirok etib, o‘quvchilarning qiziqishlarini uyg‘otadigan maskan maktab ekanligi, bunday kechalar iqtidorlarini yuzaga chiqarishga turtki bo‘lishini ta’kidladi.
