03Mar-2025
Baxt va shodlik kuychisi
Axborot kutubxona markazida O‘zbekiston xalq shoiri, Zulfiya Isroilovaning 110 yilligi munosabati bilan «Baxt va shodlik kuychisi» mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlar 21 nafar maktab o‘quvchilari tomonidan jonli tarzda ijro etilib, xalqimizning sevimli shoirasining mazmunli hayoti va mashaqqatli ijodiy yo‘li, uning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti va jahon adabiyoti an’analarining roli beqiyos bo‘lgani e’tirof etildi.

