24Jan-2025
Ziyrek kitobxon intellektual
Bugun «Sariq oltin» OFY hududida «Ziyrek kitobxon intellektual» shiori ostida Qonliko‘l tumani Axborot kutubxona markazi mutaxassislari va Qonliko‘l tumani IIB, 3-sektor boshlig‘i tashabbusi bilan «Jayxun» MFY, «Sariq oltin» OFYda joylashgan 4,6,10,22-sonli maktab o‘quvchilari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini tashkil etildi.
Qizg‘in bahs va o‘zaro bilim bellashuv o‘tkazilgan o‘yin o‘quvchilarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirdi. Unda esa g‘alabani qo‘lga kiritish. Shu bois barcha ishtirokchilar «Zakovat» intellektual o‘yinida g‘olib bo‘lish uchun mas’uliyat bilan harakat qildi. Zakovat» intellektual yakunida
I-o‘rinni 4-maktab, II-o‘rin 22-maktab, III o‘rinni 10-maktab egalladi
va 6-maktab, guruhi egalladi. G‘oliblarga 3-sektor IIB bo‘limi va Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Faxriy yorliq»lar va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
