14Dec-2023
Ruwxıy dunyamizdiń sarqılmas bulaǵı
Taniqli xalq shoiri, shoir-faylasuf, shoir-fuqaro, shoir-inson, xalqlar do‘stligi va qardoshligining ajoyib kuychisi, tabiiy iste’dodi, asarlari Vatanga xizmat qilishning yorqin namunasi bo‘lgan xalqining mashhur farzandi, oqsoqollaridan biri, bizning sodiq do‘stimiz Tileubergen og‘a Jumamuratovga. Tileubergen o‘zining tug‘ilib o‘sgan yerlari – Orol dengizi qirg‘oqlarida xuddi shu yerda tug‘ilib, umr ko‘rgan ustoz-shoir bobomiz – Berdaq, Kunxo‘ja, Ajiniyoz bilan Ayapbergen asl so‘z marjonlarini ko‘ksiga to‘qib, ulardan shoirlik san’atini o‘rgandi. Bu yil buyuk shoir Tileubergen Jumamuratov tavalludining 108 yilligi respublikamiz bo‘ylab keng tarzda nishonlanmoqda.
Ushbu sanaga bag‘ishlab Axborot-kutubxona markazida ham tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ta’kidlash joizki, kitob ko‘rgazmalari qo‘yilib, adabiy kechalar tashkil etilmoqda. Ma’lumot-bibliografiya xizmati tomonidan esa adabiyotshunos olimlar, o‘qituvchilar, talaba yoshlar hamda barcha kutubxona markazi foydalanuvchilari uchun Tileubergen Jumamuratovning asarlaridan tuzilgan adabiyotlarning bibliografik yozma sharhi qilinmoqda.