13Mar-2025
Gulaysha Esemuratova 95 yoshda
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markazi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 6-sonli maktabda «Orol qizlari» kuychisi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi Gulaysha Esemuratovaning 95 yoshga to‘lishi munosabati bilan adabiy kecha tashkil etildi. Adabiy kechada 6-sonli maktab o‘quvchilari ishtirok etdi. Kecha davomida yozuvchining kitoblaridan tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari bilan tanishtirildi hamda yozuvchining hayot yo‘li asarlari haqida ishtirokchilarga keng sharh berildi. Kecha davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishi namoyish etilib, yozuvchi qalamiga mansub hikoyalardan suhbat bo‘ldi. Kecha mazmunli o‘tdi. O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning o‘rni katta, deb o‘ylayman. Qonliko‘l tumani aholisini kitob o‘qishga chaqirib qolama
