19May-2026
Davra suhbat kechasi
Axborot-kutubxona markazida Polvonboy Davlatmuratov bilan uchrashuv tashkil etildi. «Olma pishgan fasl» kitobida Qonliko‘l tumani hududidagi tarixiy obidalar va insonlar, tarixiy nomlarning ma’no-mazmunlari, milliy naqshlar, mashhur insonlar haqida ma’lumotlar, shuningdek, qisqa hikoya, hazil-mutoyiba, piching va latifalar o‘rin olgan. Kitob o‘n sakkiz yoshdan yuqori keng jamoatchilik qatlamiga mo‘ljallangan.
