08Apr-2026
Kitob kórgazma
Kitob kórgazma
Amir Temur,Temur,Temurbek (to‘liq ismi Amir Temur ibn Amir Tarag‘oy ibn Amir Barqul) [1336.9.4, Kesh (hozirgi Shahrisabz) shahri yaqinidagi Xoja Ilg‘or qishlog‘i(hozirgi Yakkabog‘ tumani)1405.18.2,O‘tror shahri, Samarqandda dafn etilgan)o‘rta asrning yirik davlat arbobibuyuk sarkarda,kuchli,
markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi.
Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik.Otasi amir Tarag‘oy esa barlos urug‘ining oqsoqollaridan hamda Chig‘atoy ulusining e’tiborli beklaridan hisoblangan.Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan.Shu bois Amir Temurning otasi amir Tarag‘oyni ham yilda bir marotaba Ili daryosi bo‘yida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yig‘inlarda muttasil qatnashar edi.Shu bilan birga u Sharafuddin Ali Yazdiyning ta’kidlashiga ko‘ra«ulamo va sulaho va muttaqiylarg‘a mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi»
