02Feb-2026
Besh tashabbus olimpiadasi
📚 “Yosh kitobxon” tanlovi Qonlikoʻl tuman bosqichi o’tkazildi.
🖐 «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasidagi yoshlar o’rtasida «Yosh kitobxon» tanlovining Qonlikoʻl tumani bosqichi tuman Yoshlar markazida bo’lib o’tdi.
📚 Tanlovda ishtirokchilar oldindan e’lon qilingan asarlarga oid 2 ta shart asosida badiiy asarlar bilimdoni va tezkor savol-javob shartlarida bellashdilar.
✅ Tanlov yakunida yuqori natijaga ega bo‘lgan yoshlar diplom va estalik sovg’alar bilan taqdirlandi hamda har bir yosh toifasi bo’yicha eng yuqori balni qo’lga kiritgan ishtirokchilar tanlovning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.
