21Jan-2026
Kitobsevar onalar kuni
Kitobsevar onalar kuni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2022-yil 31-oktyabrda tasdiqlangan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviyati va madaniyatini yuksaltirish maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq har oyning 17-sanasi «Kitobxon onalar» kuni deb belgilandi. Shu munosabat bilan Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi kitobxon ona bilan hamkorlikda suhbat bo‘lib o‘tdi. Ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarimiz, ayniqsa uy bekalari orasida kitobxonlikni rivojlantirish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish orqali farzandlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yish, ularni kitob o‘qishga qiziqtirish eng katta vazifadir. Kitobxon ona Z.Bekmuratova tomonidan M.Nizanovning «Darbadar» romanidan qisqacha tushunchasini aytib o‘tdi.
