09Sep-2025
Suhbat kitob ko‘rgazma
Suhbat_kitob_ko‘rgazma Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 4-sonli MTMTM tomonidan tarbiyalanuvchilar va tarbiyachi opa-singillar bilan hamkorlikda «Mening sevimli kitobim» mavzusida suhbat kechasi, kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Kitob tafakkur qanoti. Bu qanot mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklarga qarab intilishdan charchamaydi. Kitobga bo‘lgan qiziqish kitobxonlarni kutubxonaga chorlaydi. O‘quvchilarda kitobga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish, ularning kitobxonligini oshirishda kutubxonaning roli ham katta deb o‘ylayman. Suhbat so‘ngida bolalar kuy-qo‘shiqlar aytishdi. Bunday suhbatlarni o‘tkazishdan maqsadimiz bolalarning vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish, kitoblar olami bilan tanishtirish, ularning ma’naviy olamini boyitish.
