10Jul-2025
Kutubxonaga sayohat
Dolzarb 90 kun «Kutubxonaga sayohat»
Qonliko‘l tumani Axborot-kutubxona markaziga Qonliko‘l tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limiga qarashli 20-sonli maktab o‘quvchilari «Muhim 90 kun» doirasida o‘quvchilar yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish, kitobxonlikka qiziqishini oshirish maqsadida sayohatga keldi. Sayohat davomida o‘quvchilar bir qancha kitob ko‘rgazmalari hamda yangi kelgan ertak kitoblari va AKT xodimlari QR kodli kitoblar bilan tanishtirildi.O‘quvchilar kutubxona bo‘yicha ma’lumot oldi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.
