25Jun-2025
Muhim 90 kun» doirasida
Muhim 90 kun» doirasida
O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi a’lochisi, nuroniy ustoz, «Alma pisken pasıl» kitobi muallifi Palwanbay Dawletmuratov «Sunqar» bolalar oromgohida dam olayotgan o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mehmon bolalarga o‘zining ijodi, jurnalistika sohasidagi tajribalari va so‘z san’atining kuchi haqida so‘zlab berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, qo‘shiqlar tinglab, ilhomlanib, o‘zgacha taassurotlar oldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarda kitob o‘qishga, ijodga va Vatanga mehr bilan xizmat qilishga bo‘lgan ishtiyoqni yanada oshiradi.
Shuningdek, nuroniy ustoz P.Dawletmuratov o‘zining muallifligidagi «Alma pisken pasıl» kitobining bir necha nusxasini Axborot kutubxona markazi va maktab kutubxonasiga sovg‘a qildi.
