17Jun-2025
Dolzarb 90 kun
Dolzarb 90 kun
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi va uning doirasida yurtimiz bo‘ylab yoshlar uchun turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Xususan, Qonliko‘l tumani axborot markazi va Qonliko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-3-8-9-11-13-14-15-16-17-18-23-24-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bir qator iqtidorli o‘quvchilari bilan hamkorlikda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Jasorat medali sohibi, taniqli shoir Nurliboy Davlatboyev bilan adabiy uchrashuv o‘tkazildi. O‘quvchilar shoirning she’rlaridan o‘qib berib, she’riyat sohasiga kirib kelishi, she’r yozishga bo‘lgan qiziqishning paydo bo‘lishi haqida bir qator qiziqarli savollarga javoblar oldi.
