17Jun-2025
Bolalar bizning kelajagimiz
Bolalar bizning kelajagimiz nomida sayohat tashkil etildi.
Qonliko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli maktabda tashkil etilgan «Sunqar» bolalar dam olish markazi Axborot-kutubxona markazi kutubxonasiga tashrif buyurdi. Sayohat davomida bolalarga Ona-Vatanni, yurtni sevishga hayotning barcha jabhalarini o‘rgatuvchi vosita bu kitob, har qanday o‘qigan kitobimiz hayotda qandaydir muammo va uni yechish yo‘llarini o‘rgatishi aytib o‘tildi. Kitobxonlikni yanada keng yoyish maqsadida kutubxonada tashkil etilgan kitob ko‘rgazmalari bilan tanishtirildi.
