09Jun-2025
Namunali oila
Mamlakatimizda 15-may Oila kuni sifatida belgilangan.
Kun munosabati bilan Qanliko‘l tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi qoshidagi «Barkamol avlod bolalar maktabi» Madaniy-ommaviy ishlar tashkilotchisi L.Bekniyazova va Axborot kutubxona markazi xodimlari bilan «Namunali oila» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida tumandagi ibrat olishga loyiq oilalardan biri ko‘plab tajribali pedagog bo‘lib, ta’lim sohasida fidokorona ishlari bilan tanilgan hoji ona Bozor opa Doshmuratovaning oilasiga maktab to‘garak a’zolarini olib borib, uning hayot yo‘li, qilgan mehnatlari va oilasi haqida suhbatlashib yaqindan tanishdi.
