06May-2025
So‘nmas qo‘sh yulduzlar
Bugun O‘zbekiston Qahramoni, Qoraqalpoq xalqining ardoqli farzandlari ikki buyuk siymo I.Yusupov hamda T.Qayipbergenov tug‘ilganiga 96 yil to‘ldi. Shu sanaga bag‘ishlab Tuman Axborot kutubxona markazi mutaxassislari, 19-sonli maktabning Qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar bilan hamkorlikda «So‘nmas qo‘sh yulduzlar» mavzusida tanlov tashkil etildi.Tanlovda maktabning 7-sinf o‘quvchilari qatnashib, 4 shart bo‘yicha bellashdi.Tanlov yakunida 7-b sinf o‘quvchilari g‘olib bo‘ldi.Tanlov yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilar maktab jamoasi tomonidan «Faxriy yorliqlar» bilan taqdirlandi.
