11Feb-2025
Yaxshi fazilat inson nomini abadiylashtiradi.
Qonliko‘l tumanida tug‘ilgan, taniqli jurnalist, yoshlarning hurmatli ustozi, izlanuvchan iste’dod egasi Medetbay Ametov Qonliko‘l xabarlari gazetasining (Leninabad tańı) gazetasining birinchi muharriri bo‘lib 25 yil davomida fidokorona xizmat qilgan. Bu insonning mehnat yo‘li bosib o‘tgan izlari haqida aytsak o‘ziga xos tarix bo‘ladi. Medetbay Ametov Qonliko‘l tumani tarixiga bag‘ishlangan «Bereket darıǵan elseń-Qanlıkól» nomli kitobning muallifi, shuning bilan bir qatorda o‘z uyida shaxsiy kutubxona tashkil etgan inson hisoblanadi. Xalqimizda bir donolik bor «Inson o‘zi o‘lsa ham, yaxshi ishi o‘lmaydi» deganidek insonning yaxshi amallarini savob ishlarini amalga oshirish maqsadida oila a’zolari, ortida qolgan izdoshlari tomonidan Tuman Axborot kutubxona markaziga o‘sha insonning o‘z qo‘llari bilan to‘plangan Qoraqalpoq, Rus tilidagi adabiy janrdagi kitoblaridan 33 dona kitob kutubxonamizga sovg‘a qilib topshirildi.
