09Jun-2025
Kutubxon oila
Qonliko‘l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 2-sonli Maktabgacha ta’lim tashkilotida 15-may Xalqaro Oila kuniga bag‘ishlab «Kutubxon oila» nomida ko‘rik-tanlov tashkil etildi. Ko‘rik tanlovida oilalar o‘zlarini tanishtirib, oilaga tarbiyaviy ahamiyatga ega sahna ko‘rinishlari bilan o‘z san’atlarini namoyish etib o‘zaro bellashdi. Musobaqa yakunida ishtirok etgan barcha oilalar «Faxriy yorliq» hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
